Guliston shahar Sayqal MFYda yana bir noqonuniy qurilish bartaraf etildi

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston shahar bo‘limi yer nazoratchilari tomonidan Guliston shahar, Sayqal MFY 35-uyning oldi tomonidan fuqaro tomonidan noqonuniy yengil konstruksiyali savdo do’koni qurilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro nisbatan inspektorlar tomonidan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun fuqarolarga BHMning 150 baravari, mansabdor shaxslarga BHMning 300 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi tushuntirildi va va joriy yilning 12-noyabr kuni rasman ogohlantirilgan.

Natijada o’zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni ogohlantirishdan so’ng 15 kun muddat ichida fuqaroning o’z xohishiga ko’ra bartaraf etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan