Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega bo’ladi

🔷xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

🔷xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

🔷xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🔷uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan