Davlat kadastrlari palatasi ishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori hamda Davlat kadastrlari palatasi tuzilmasi, hamda xodimlarning cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va o‘zgartirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 2 noyabrdagi 552 – son buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, amaldagi shtatga 4 yo‘nalishdagi mutaxassislik shtatlari, ya’ni:

-Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi;

-Topografik va kartografik xaritalar tayyorlash mutaxassisi;

-DKYAT mutaxassisi;

-Yer kadastri mutaxassisi va yordamchi personaldan tashkil topgan yana 581 ta xodim ish o‘rinlari qo‘shildi.

Bu imkoniyat o‘z navbatida ish sur’ati oshishiga va innovatsion yangiliklarning sohada rivojlanishiga katta yordam bo‘lib xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan